Osiyo o'yinlarida Afg'onistonning 82 sportchisi qatnashmoqda

0

Xitoyning Xanchjou shahrida o'tayotgan Osiyo o'yinlaridagi Afg'oniston delegatsiyasining beshdan bir qismi ayol sportchilar hissasiga to'g'ri kelmoqda, deb yozgan «Insidethegames.biz» sayti.

Xabarda keltirilishicha, qit'a olimpiadasida Afg'oniston jamoasi a'zolarining ko'pchiligi voleybolchi qizlardir.
Osiyo o'yinlari tashkiliy qo'mitasi Afg'onistonlik 82 nafar sportchini ro'yxatdan o'tkazgan, ular 16 sport turi bo'yicha bahslarda ishtirok etadi.