Turkiyada o'zbekistonlik ayol turk eri tomonidan vahshiylarcha o'ldirildi

0

Turkiyada o'zbekistonlik bo'lgan ayol shar'iy nikohdagi turmush o'rtog'i tomoni tomonidan o'ldirildi, deya xabar berdi mamlakat OAVlari.

 

Ma'lum qilinishicha, O'zbekiston fuqarosi bo'lgan 46 yoshli Adilova Barno Dyuzje shahrida turkiyalik 68 yoshli turmush o'rtog'i bilan birga yashab kelgan. Ular o'rtasida yuzaga kelgan janjal sabab erkak ayolni pichoqlagan. Shundan so'ng erkakning o'zi tez yordam xizmatiga qo'ng'iroq qilib, vaziyatni ma'lum qilgan.

 

Voqea joyiga politsiya va “tez yordam” yetib kelgan, biroq tekshiruvda ayolning vafot etgani aniqlangan.

 

Hodisa yuzasidan tergov olib borilmoqda.