Bugun biz Namangan viloyatiga shaxsan davlatimiz rahbarining topshiriqlari bilan yetib keldik.
⠀
Vaziyatni ko'zimiz bilan ko'rish uchun shifoxonaga bordik, bolajonlar holidan xabar oldik. Ularning kayfiyati yaxshi, hammalari asta-sekin tuzalishmoqda, ko'pchiligi sog'aygani uchun uyiga – oilasi bag'riga qaytarilgan.
⠀
Biz bolalarning ota-onalari bilan ham suhbatlashdik, ularning tashvishiga sherik ekanimizni bildirdik.
⠀
Shundan so'ng bog'cha tarbiyalanuvchilari bilan sodir bo'lgan holat yuzasidan sog'liqni saqlash, SES, ta'lim, prokuratura va boshqa tegishli soha mutasaddilari bilan yig'ilish o'tkazib, vaziyatni va tekshiruvning borishini muhokama qildik.
⠀
Hozirda o'rganish ishlari davom etmoqda, jarayon nazoratga olingan, natijasi haqida qo'shimcha ravishda xabar qilinadi.
⠀
Bugungi kunda mazkur holat bo'yicha jinoyat ishi qo'zg'atilgan bo'lib, ish Namangan viloyat prokuraturasidan Bosh prokuraturaga o'tkazildi.