Turk aviakompaniyasining samolyoti Parijdan Izmirga uchib, aeroportda 30 nafar yo'lovchini «unutib qoldirdi». Bu haqda Zamon.uz yozmoqda.
Parij-Izmir reysi Sharl de Goll aeroportida soat 17:00 da amalga oshirilishi kerak edi, biroq uch soatlik kechikish e'lon qilindi. Ammo soat 20:00 da jo'nash vaqti haqida ma'lumot berilmagan.
Yangi jo'nash vaqti tugagach, mobil ilovada samolyot Izmirga uchib ketganligi haqida xabar paydo bo'ldi. Keyinroq samolyot belgilangan aeroportga eson-omon qo'ngani ma'lum bo'ldi.
Yo'lovchilarning aeroport ma'muriyatidan tushuntirish olishga urinishlari hech qanday natija bermadi va ular keyingi reysda manzillariga yetib borishgan.