Бузилмасидан бир расмга тушиб олайин!..

Bino Samarqand shahrining bir burchagida edi… Aystishlaricha odamlar uni atay ko’rish uchun markazdan vaqt ajratib, mashina gaplashib kelar ekan. Men ham alohida vaqt ajratib borgan edim. Pastdan qaraganda juda mustahkamligi seziladi. Gruziyada bo’lganimda Batumida shunga o’xshash noodatiy binolarga ko’p ko’zim tushgandi. Ularning aksariyati ichki yo’llarda emas markaziy yo’llarda edi. Uni hech kim buzinglar demagan bo’lsa kerakki, ko’rk bo’lib turibdi!
Bizda-chi?! Sal boshqacharoq bo’lmoqchi bo’lsang, “chopishadi”!
Дилобар Аслиддин қизи.