Toshkent kimyo-texnologiya institutida Dolzarb 90 kun doirasida «Karyera kuni» hamda «Bitiruvchilar oqshomi» bo‘lib o‘tdi

Toshkent kimyo-texnologiya institutida Dolzarb 90 kun doirasida «Karyera kuni» hamda «Bitiruvchilar oqshomi» bo‘lib o‘tdi

2025-yil 7-iyul kuni Toshkent kimyo-texnologiya institutida «Dolzarb 90 kun» doirasida institut rahbariyati, korxona vakillari, bitiruvchi yoshlar hamda ularning ota-onalari ishtirokida «Karyera kuni» hamda «Bitiruvchilar oqshomi» bo‘lib o‘tdi.

«Bitiruvchilar oqshomi – 2025» bayram tadbirida institutni muvaffiqiyatli tamomlagan bitiruvchilarga ramziy diplomlar topshirildi. Korxona vakillari esa o‘z chiqishlarida hozirgi mehnat bozoridagi holat, yoshlar bandligini ta’minlashga qaratilgan davlat dasturlari, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari va bitiruvchilarning bandligini ta’minlash bo‘yicha ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashdilar.

Ma’lumot uchun Toshkent kimyo-texnologiya institutini 1 800 nafarga yaqin talabalar bitirmoqda. Karyera kuniga 400 nafarga yaqin bitiruvchilar tashrif buyurib 90 foizdan ortig’i o’z sohalari bo’yicha ish beruvchilar bilan shartnoma asosida ishlashga kelishib oldilar.

Дўстларингизга ҳам юборинг: