MKBANK bilan “Moliyaviy savodxon mahalla” tadbirida faol bo‘ling!

“Mikrokreditbank” ATB Markaziy bank bilan hamkorlikda avgust oyida “Moliyaviy savodxon mahalla” loyihasi doirasida “Pul tarixi va banknotalar” mavzusida navbatdagi treningni oʻtkazdi.
Tadbirlar bankka biriktirilgan Toshkent shahridagi “Xushnud”, “Sharq”, “Olchazor” va “Xonchorbogʻ” mahalla kutubxonalarida tashkil etildi.
Darslarda oʻquvchi yoshlar va mahalla aholisi pulning paydo boʻlish tarixi, banknotalarning yaratilishi, haqiqiy va qalbaki pullarni ajratish usullari haqida qiziqarli maʼlumotlarga ega boʻlishdi. Shuningdek, turli mamlakatlar valyutalari bilan ham yaqindan tanishishdi.
Bolalar va kattalar uchun ham birdek qiziqarli loyihaga aylangan moliyaviy savodxonlik darslariga interaktiv o‘yinlar o‘zgacha kayfiyat bag‘ishladi.
Ushbu oʻquv mashgʻulotlarida 30 nafardan ziyod yoshlar hamda 10 ga yaqin ota-onalar qamrab olindi.
Ishonchimiz komilki, bunday tadbirlar yosh avlodning moliyaviy savodxonligini oshirish, ularning iqtisodiy bilimlarini chuqurlashtirish va kelgusida toʻgʻri moliyaviy qarorlar qabul qilishga yordam beradi.
Bank Axborot xizmati