Toshkent kimyo-texnologiya instituti ISO 37001:2016 “Korrupsiyaga qarshi kurashish boshqaruv tizimlari” xalqaro standart sertifikatini qo’lga kiritdi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidagi oliy ta’lim muassasalari orasida birinchilardan bo‘lib Toshkent kimyo-texnologiya instituti ISO 37001:2016 — “Korrupsiyaga qarshi kurashish boshqaruv tizimlari” xalqaro standart sertifikatini muvaffaqiyatli qo‘lga kiritdi.
Mazkur standartni joriy etish jarayonida institutda korrupsiyaga qarshi boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashga qaratilgan ichki hamda tashqi auditlar to‘liq o‘tkazildi. Audit natijalari TKTI faoliyati korrupsiyaga qarshi kurashish borasida xalqaro talab va mezonlarga to‘liq mos ekanini tasdiqladi.
Ushbu yutuq Toshkent kimyo-texnologiya institutida halollik, mas’uliyat va ochiq boshqaruv tamoyillari izchil qaror topganini yana bir bor namoyon etadi.
TKTI matbuot xizmati
