Хорижда ўзбекистонликлар учун қандай иш таклифлари бор?
Yevropaning eng rivojlangan davlatlaridan biri bo‘lgan Germaniyada o‘z kasbiy faoliyatingizni davom ettirishni va xalqaro tajriba orttirishni istasangiz ushbu imkoniyat aynan siz uchun! Hozirda Germaniyadagi Leverkusen klinikasi 100 nafar malakali hamshiralarni ishga taklif etilmoqda. Nomzodlar 18 yoshdan 35 yoshgacha, o‘rta maxsus tibbiy ma’lumotli va statsionar kasalxonalarda 2-3 yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi kerak. Poliklinikadagi ish tajribasi hisobga olinmaydi. Ulardan qizamiqqa qarshi emlanganlik, Intizomlilik, jamoada ishlash qobiliyati va yuqori mas’uliyatlilik talab qilinadi. Oylik maosh 2 000 yevroni tashkil qiladi. Ish vaqti haftasiga 40 soat, 6 oy sinov muddati beriladi.
Yaponiyaga haydovchilar zarur
Yevropaning nufuzli tibbiyot muassasalarida ishlash imkoniyati kabi Sharqning eng rivojlangan va o‘ziga xos madaniyatga ega davlatlaridan biri bo‘lgan Yaponiyada o‘z faoliyatingizni davom ettirish va ulkan xalqaro tajriba orttirishni istasangiz, ushbu imkoniyat aynan siz uchun! Proud Partners kompaniyasi 250 nafar haydovchini ishga taklif etmoqda.
Nomzodlar 18 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lishi, o‘zbek tilini mukammal bilishi shart, shuningdek, yapon yoki ingliz tillarini bilish qo‘shimcha ustunlik beradi. Ishga qabul qilishda haydovchilik bo‘yicha avvalgi ish tajribasi ahamiyatsiz bo‘lib, zarur holda kompaniya tomonidan boshlang‘ich ta’lim bepul beriladi. Nomzodlardan xavfsiz va ishonchli haydash, uzoq safarlar davomida diqqatni saqlay olish qobiliyati hamda jamoa, dispetcherlar va mijozlar bilan xushmuomala munosabatda bo‘lish talab qilinadi. Shuningdek, Yaponiyada ishlash va o‘rganishga tayyorlik hamda yapon madaniyatiga qiziqish muhim ahamiyatga ega.
Ushbu lavozim uchun oylik maosh 1 200 AQSH dollarini tashkil qiladi. Ish vaqti 5/2 grafik asosida haftasiga 60 soat etib belgilangan. Quvonarlisi, ishga kirayotgan malakali mutaxassislar uchun hech qanday sinov muddati ko‘zda tutilmagan bo‘lib, barcha xodimlarga ijtimoiy himoya va tibbiy sug‘urta to‘liq taqdim etiladi.
Restoran xizmatchilari uchun vakansiya
Yaponiyadan yana bir vakansiya. nufuzli restoranlar tarmog‘i 100 nafar malakali restoran xizmatchilarini ishga taklif etmoqda.
Nomzodlar 20 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lishi talab etiladi. Ushbu lavozimga qabul qilinishda avvalgi ish tajribasi mutlaqo ahamiyatsiz bo‘lib, asosiysi nomzodlardan zal va oshxona ishlarida faol yordam berish, mijozlarga yuqori darajada xizmat ko‘rsatish, buyurtmalarni aniq qabul qilish hamda taomlarni chiroyli taqdim etish talab qilinadi. Shuningdek, xodimlarning tezkor ish muhitida samarali ishlay olishi, do‘stona munosabatda bo‘lishi, jamoaga tez moslashishi va maqsadga intiluvchan bo‘lishi muhim ahamiyatga ega. Kundalik ish jarayonida tozalik va gigiyena talablariga qat’iy rioya qilgan holda jamoa bilan birga hamjihatlikda ishlash asosiy mezonlardan biridir.
Ushbu lavozim uchun belgilangan oylik maosh 1 575 AQSH dollarini tashkil qiladi. Ish vaqti besh kunlik ish haftasi asosida haftasiga 40 soat etib belgilangan. Quvonarlisi, ishga qabul qilinadigan xodimlar uchun hech qanday sinov muddati ko‘zda tutilmagan bo‘lib, barcha qatnashchilarga to‘liq ijtimoiy himoya va tibbiy sug‘urta kafolatlanadi.
