Жасур Умиров: «Ҳеч кимни зўрламаганман!..»

Жасур Умиров: «Ҳеч кимни зўрламаганман!..»

Xonanda ikki yil avval tuhmat sabab qamalgani haqida so‘zlab berdi.

— Menga tuhmat bo‘lgan. O‘sha qiz tergovchiga ham, sud zalida ham aybim yo‘qligini aytgan, lekin negadir ishonishmagan, u qiz meni sevib qolgan ekan. Turmushga chiqmoqchi bo‘lib, menga tuhmat qilgan. Men aybim bo‘lmagani uchun qamalmayman, deb o‘ylardim. Lekin u qizga ham kimdir o‘rgatdimi. Menga turmushga chiqmoqchi bo‘lgan. Ota-onam u qizga “Senga uylanadi o‘g‘lim, aslida haqiqat qanday bo‘lgan, sud zaliga borib, haqiqatni aytib ber”, deyishganidan keyin u haqiqatni gapirib bergan. Lekin baribir qamalib ketdim. Ota-onam ham boshida aybim yo‘qligiga ishonishmagan. Keyinchalik tushunib yetishgan.

O‘z vaqtida qizlar stadiondagi panjaralarni buzib chiqib ketadigan darajada yaxshi ko‘radigan san’atkor bo‘lganman. O‘zi san’atkorlarning muxlisalari ko‘p bo‘larkan.

Mening fe’l-atvorim shunaqa: ayollardan uyalaman. Uchta ayolning orasiga kirib qolsam, ko‘ziga qarolmay jim o‘tiraman. Masalan, singlim juda badavlat oilalarning qizlari bilan birga o‘qigan. Uning dugonalari uyimizga kelib-ketib yurgan. Birontasi bilan gaplashmaganman hattoki. Yuziga ham qaramaganman. Qizlarga zo‘ravonlik qilish xayolimga ham kelmagan. Chunki atrofimda shundoq ham qizlar ko‘p bo‘lgan. Men u qizga uylanmaganman.

Jasur Umirovning aytishicha, u qamoqdan chiqqanidan so‘ng davlat tadbirlariga taklif qilinmay qo‘ygan.

— Davlat tadbirlarida hozircha chiqmayapman. Keyinchalik balki chiqib qolarman. Kimgadir insof berib balki chiqib qolarman. Umuman olganda, menga qiziq ham emas tadbirga chiqish. To‘ylarimda pul topib yursam bo‘ldi.

Xonanda rafiqasining ko‘nglini qanday olgani haqida gapirdi.

— Rafiqamni o‘zim topganman. U singlimning dugonasi edi. Aslida hech kimni zo‘rlamaganimni, menga tuhmat bo‘lganini batafsil tushuntirganman. Shunda qaynonam rafiqamga “Boshidan uncha-muncha sinovlar o‘tibdi, toblanibdi, oila ham yaxshi ekan, shunga tegasan”, degan. U mendan 14 yosh kichkina, juda rashkchi. Agar kliplarimda tushgan qizlar bilan telefon raqam almashganimni bilib qolsa, janjal ko‘taradi. Lekin ayol kishining rashk qilgani ham yaxshi.

Jasur Umirov qamoqda esida qolgan eng ta’sirli voqea haqida gapirdi.

— Qamalishimni eshitganimda ham, qamoqda o‘tirganimda ham hech qachon yig‘lamaganman. Ko‘zimga yosh kelmagan. Lekin bir marta “Muxlisingdan sovg‘a keldi”, deb bir sumka narsa olib kirib berishganida yig‘laganman. “Qanday bola eding-a, o‘tirishingni qara?”, deganman o‘zimga o‘zim.

Xonanda ota bo‘lish unga qanday ta’sir ko‘rsatgani haqida gapirdi.

— Ota bo‘lganimdan keyin uyga talpinadigan bo‘lib qoldim. Oldinlari uyga kelsam, bo‘g‘ilib ketaverardim. Hozir esa o‘g‘lim Muhammad Xalidni sog‘inib uyga shoshaman.
Дўстларингизга ҳам юборинг: